19:21 “Barkamol avlod – 2017” mash’alasi Jizzaxga keldi | |
Toshkent viloyatining Parkent tumanida joylashgan "Fizika-Quyosh" ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Materialshunoslik institutining quyosh o‘chog‘idan alanga oldirilgan “Barkamol avlod – 2017” sport o‘yinlarining mash’alasi Jizzax shahriga kirib keldi. Jizzaxgacha bo‘lgan 301 kilometr masofa oralig‘ida Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari hududlaridan o‘tish davomida shahar va qishloqlarda yoshlar, jamoatchilik vakillari ishtirokida “Barkamol avlod – 2017” mash’alasini kutib olishga, kuzatishga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Mash’ala Jizzax viloyati chegarasida jamoatchilik vakillari, yoshlar tomonidan karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi, deb yozadi O‘zA.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|