Главная » 2020 » Апрель » 22 » Barmoq izlari 4 yil ilgari sodir etilgan jinoyatni fosh etdi
12:49

Barmoq izlari 4 yil ilgari sodir etilgan jinoyatni fosh etdi


2016 yil 11 oktyabrga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Jondor tumanida yashovchi M.N.ning yashash uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasidagi shkaf ichidan 50 AQSh dollari va 150.000 so‘m naqd pullarini o‘g‘rilab ketgan. Tergov tezkor guruhi tomonidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, barmoq izlari va boshqa daliliy ashyolar olingan. Biroq, o‘sha vaqtda olib borilgan surishtiruv ishlari natija bermagan. Shunga qaramay, jinoyatni fosh etish borasidagi ishlar davom ettirilgan.

Buni qarangki, oradan 4 yil o‘tib ushbu shaxs yana jinoyatga qo‘l urdi. Surishtiruv davomida Jondor tumanida yashovchi 28 yoshli gumonlanuvchi X.Yo tuman IIBga keltirilib, undan barmoq izlari olinganda, 2016 yil 11 oktyabr kuni hodisa joyidan olingan barmoq izlari bilan bir xil ekanligi aniqlangan. Hozirda JKning 169-moddasi 2-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari qayta tiklandi. E’tiborlisi, tergov davomida X.YO.ning boshqa bir nechta jinoiy holatlarga aloqadorligi oydinlashmoqda.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: fosh etdi, Barmoq izlari, sodir etilgan, jinoyatni | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz