20:29 “Bavariya” Sane uchun qancha taklif qilayotgani ma’lum bo‘ldi | |
Myunhenning “Bavariya” klubi “Manchester Siti” yarim himoyachisi Leroy Saneni yozda sotib olish uchun harakatlarni davom ettirmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, nemis klubi 23 yoshli futbolchini transfer oynasidagi o‘zining asosiy maqsadiga aylantirdi va ayni damda 80 mln yevrolik bitim tayyorlamoqda. Oldinroq, OAVlarda Sane ushbu mavsumda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgani uchun Angliya klubini tark etishi haqida aytilgan edi. Futbolchining o‘zi Germaniyaga qaytishni xohlamoqda. Umar Murod
Manba: "qalampir.uz"
| |
|