Главная » 2017 » Январь » 17 » Baxtiyorlikning 6 Siri
16:16

Baxtiyorlikning 6 Siri


Baxt – hayotga bo‘lgan munosabatimizda. Inson uning ongi yo‘l qo‘ygan darajada baxtli bo‘la oladi. Shu sababdan, doimo o‘zimizni yaxshi natijaga yo‘naltirsak, ishlarimiz ham samarali bo‘ladi.

Xoh kichik, xoh katta bo‘lsin, har qanday muammoning ham yaxshi tomonini ko‘ra bilishni o‘rganish lozim. Bu muammoning yechimini topishga yordam beradi.

Baxtning asl ildizi — shukr qila bilishda. Unutmangki, sizni baxtsiz qilayotgan bu tashqi olam emas, balki ichingizdagi hissiyotlar. Hissiyotlarni boshqarishni o‘rgansangizgina baxtli bo‘la olasiz!

Harakat hissiyotlarga ta’sir qiladi. Jismoniy mashg‘ulotlar jismda kimyoviy reaksiyalar sodir qiladi va natijada inson o‘zini yaxshi his eta boshlaydi.

Hissiyotlar qomatga ham ta’sir qiladi: dard yelkalaringizni bukchaytirib qo‘yishiga yo‘l bermang. Siz dardni yengishni o‘rganing, u sizni mag‘lub qilmasin.

Baxtni yillar, oylar, haftalar va yoki kunlarda emas, har soniyada topish mumkin. Har bir soniyada baxtni his qiling, shunda u yillarga tatiydigan bo‘la oladi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: Baxtiyorlik, Sir, Baxt | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz