22:35 BBC boshlovchisi jonli efir paytida maxfiy belgini tomoshabinlarga yetkazdi | |
U qo‘liga uydagi zo‘ravonlik qurbonlariga yordam ko‘rsatuvchi qo‘llab-quvvatlash tarmog‘i telefon raqamlarini yozib chiqqan. Jurnalistning qayd etishicha, karantin joriy qilinganidan so‘ng uydagi zo‘ravonlikdan aziyat chekuvchilarga yordam ko‘rsatuvchi saytga tashrif buyuruvchilar soni 150 foizga ko‘paygan. Shuningdek, u qo‘llab-quvvatlash tarmog‘iga bo‘layotgan qo‘ng‘iroqlar soni avvalgi haftadagi nisbatan 25 foizga ko‘payganini qayd etib o‘tgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Derbishirga haqiqatan dolzarb bo‘lgan muammoga e’tibori hamda ushbu masalaga o‘ziga xos yondashuvi uchun minnatdorchilik bildirgan.
Manba: "daryo.uz"
| |
|