16:22 Bekxem JCH-2022 ning yuzi bo‘lib, yaxshigina pul ishlab oladi | |
Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Devid Bekxem Qatardagi 2022 yilgi Jahon chempionatining yuziga aylandi. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi. Manbaning xabariga ko‘ra, ingliz futbolchisi FIFA bilan 10 yillik shartnoma imzolagan va yiliga 15 million funt miqdorida maosh oladi. Ayni damda Bekxem Jahon chempionati uchun qurilayotgan stadionlar, mehmonxonalar holati hamda mas’ul shaxslar bilan ko‘rishish uchun Doha shahriga uchib ketgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Qatarda so‘nggi paytlarda turist ayollar soni ko‘paygan. Bekxem buni turizmning rivojlanishi, deya baholagan. Shuningdek, u futbolning kuchi odamlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni yo‘q qilishini ta’kidlagan va barcha muxlislarning xavfsiz bo‘lishiga ishontirgan. Eslatib o‘tamiz, Qatardagi Mundial 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabrigacha bo‘lgan muddatda o‘tkaziladi. Avvalroq Jahon chempionatining final bosqichiga 1 aprel kuni qur’a tashlanishi haqida xabar bergan edik.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|