12:50 Bemor telefonni ikkinchi odamga berganda, virus ham o‘tishi mumkin - Almatov | |
Telefonlar eng ko‘p ishlatiladigan anjomlardan biri. U o‘zida turli viruslar, shu jumladan, koronavirusni ham saqlashi mumkinSog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov bilan brifing o‘tkazilmoqda. Unda koronavirusga qarshi kurash masalasi to‘g‘risida so‘z yuritilmoqda. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori koronavirus kasalligi qaysi bemorlarda qayd etilganini ma'lum qildi. «Bugun koronavirus kasalligi qayd etilgan bemorlar shu paytga qadar karantinda saqlanayotgan fuqarolar», - dedi Bahrom Almatov. Uning aytishicha, bemor bir odam telefonni ikkinchi odamga berganda, virus ham o‘tishi mumkin. «Bugungi kunda telefonlar eng ko‘p ishlatiladigan anjomlardan biri. U o‘zida turli viruslar, shu jumladan, koronavirusni ham saqlashi mumkin. Bemor bir odam telefonni ikkinchi odamga berganda, virus ham o‘tishi mumkin. Koronavirus to‘lqinlar orqali yuqmaydi. Buni to‘g‘ri tushunish kerak», — dedi Bahrom Almatov. Avvalroq, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 37 nafarga yetgani xabar berilgandi
Manba: "kun.uz"
| |
|