17:07 Betakror To’rt - dugonalaringizni mehmonga chaqiring! | |
Zarur masalliqlar: 280 gr. un, 200 gr. sariyog‘, 3 dona tuxum sarig‘i, 30 gr. shakar; ichiga solishga: 250 gr. olcha murabbosi; beze uchun: 150 gr. shakar, 3 dona tuxum oqi, tuz. Tayyorlanishi: 1. Sariyog‘ni un bilan aralashtiring. 2. Tuxum sarig‘ini shakar bilan ko‘pirtirgach, un va sariyog‘li aralashmani qo‘shib, xamir tayyorlang. Xamirni aylana shakldagi qolipga solib, qo‘lingiz bilan yoying-da, chetlarini ko‘tarib chiqing. 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 10-15 daqiqaga qo‘ying. 3. Tuxum oqini muzlatkchidan olib, tuz qo‘shib, yaxshilab ko‘pirtiring. So‘ngra shakar solib, ko‘pirtirishda davom eting. 4. Issiq korj ustiga olcha murabbosini solib, ustidan bezeni quying. Gaz pechiga 10 daqiqaga qo‘ysangiz, kifoya. 8 kishilik 50 daqiqa
Manba: "darakchi.uz"
| |
|