22:35 Bill Geyts pandemiya qachon tugashini ma’lum qildi | |
«Microsoft» korporatsiyasi asoschisi Bill Geyts «Fox News»ga bergan intervyusida koronavirus pandemiyasi 2022-yilda tugashi ehtimoli borligini aytib o‘tdi. «Biroq muammoga dunyo miqyosida qaraydigan bo‘lsak, 2021-yil davomida biz kasallanishlar sonini kamaytirishimiz kerak», — dedi u. Geytsning fikricha, AQSh kelasi yil yozga qadar odatiy hayotiga to‘liq qaytadi. Buning uchun butun dunyoda koronavirusga qarshi kurash davom etishi kerak. Shundagina mamlakatga COVID-19 «qaytmasligi» kafolatlanadi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|