11:34 BMT va JSST: dunyo oziq-ovqat inqiroziga duch kelishi mumkin | |
Kecha, 1 aprel kuni bir qancha xalqaro tashkilotlar rahbarlari COVID-19 koronavirusi atrofidagi vaziyat dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishda uzilishlar bo‘lishiga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. G‘arb OAV hukumatlar to‘g‘ri choralarni ko‘rmasa, ta’mindagi inqiroz muqarrar deya bong ura boshladi. Kecha Jahon soliqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus, Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Robertu Azevedu va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) rahbari Syuy Dun’yuy shunday ogohlantirish bilan chiqdi.
JSST, JST va BMT FAO o‘zga davlat qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat qilayotgan muhojirlar chegaraning yopilishi sababli yurtiga qaytolmay qolganini ham ta’kidlab o‘tdi. Ayni vaqtda ba’zi davlatlarning qishloq xo‘jalik sohasi xorijiy ishchi kuchiga bog‘liq ekani oydinlashdi. Bunday muammo Meksikadan keladigan mavsumiy ishchilar taqchilligi yuzaga kelgan AQSH va Shimoliy Afrika davlatlaridan kelib ishlovchi muhojirlarga tayanuvchi G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida vujudga keldi. Bundan tashqari, JSST, JST va BMT FAO rahbarlari oziq-ovqat mahsulotlari savdosida ishlovchi kishilarning xavfsizligini ta’minlashga chaqirgan. OAVning aniqlik kiritishicha, avvalroq Italiya va Fransiyadagi supermarketlar xodimlari sog‘liqlarini himoyalash bo‘yicha choralar yetarlicha emasligi vaji ostida ishga chiqishdan bosh tortishgan. Shunga o‘xshash muammolar AQSHdagi Whole Foods savdo tarmog‘ida ham kuzatilgan. JSST, JST va FAO rahbarlarining fikricha, bu muammolar ortida xalqaro hamkorlik muhim ko‘rinish oladi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|