Главная » 2020 » Январь » 9 » Bola ukoldan qo‘rqmasligi uchun 6 usul
23:32

Bola ukoldan qo‘rqmasligi uchun 6 usul


Bolani emlash yoki qon topshirishga olib borish ba’zida ota-onalar uchun haqiqiy dahshatga aylanadi. Ba’zi topqirlar esa bu jarayonni yengillashtirishning usullarini o‘ylab topishgan. Ulardan bir nechtasi bilan bo`lishamiz.

Tushuntirish
Hatto ikki yoshli bolaga ham nima bo‘lishini tushuntirish mumkin. “Bolajonim, hozir emlashga/qon topshirishga boryapmiz, bu yomon kasalliklarga chalinmasliging uchun kerak. Bu o‘zini asrashdir. Men yoningdaman”. “Biroz og‘rishi mumkin, lekin juda oz – darrov o‘tib ketadi”, deyishingiz mumkin.

Jarayonni bosqichma-bosqichma tushuntirish muhim: “Hozir shifokorga boramiz, u qo‘lingni silaydi, ukol qiladi, chiroyli plastir yopishtiradi va keyin o‘ynagani ketamiz”. Bolalar ularni nima kutayotganini bilsa, xotirjamroq bo‘ladi.

Maqtash
“Gap yo‘q, chidamliginam”, “Meni qanday botir o‘g‘lim bor-a”, “Ozroq qo‘rqsa ham, ortga qaytmaslik – haqiqiy mardlik”, “Qanchalik qo‘rqmas ekaningni albatta dadangga so‘zlab beramiz” kabi maqtovlar ham yupatishga qodir. Quchoqlash singari.

Jasurligini rag‘batlantirish
Ukoldan oldin biror shirinlik yoki o‘yinchoq tayyorlab qo‘ying va keyin sovg‘a qiling. Ba’zi klinikalarda bolalarga pufak va pechenye berishadi. Agar siz borgan joyda bunday bo‘lmasa, hamshiraga oldindan shirinlik berib, tayinlashingiz mumkin.

Diqqatini chalg‘itish
Kattaroq bolalardan ko‘ra, kichiklarida ish beradi. “Qara, hozir sichqoncha shkaf orqasiga yugurib ketdi”, “Iye, anavi yerdan mushukni miyovlagani eshitildimi?” singari gaplar bilan bolani chalg‘itish oson. 

Jarayonga qiziqtirish
Ba’zi ota-onalar jarayonga atab ertaklar to‘qib yuborishadi: “Shifokor ukol qilayotganda, qoningga mikrorobotlar tushadi, ular seni himoya qiladi, sen esa juda kuchli bo‘lasan”.

Jarayonga moslashtirish
Emlash yoki qon topshirish arafasida bola bilan “shikokor-bemor” o‘yinini o‘ynash mumkin. U dadasi, onasi, akasi, mushugiga o‘yinchoq  bilan ukol qilsin. Haqiqiy jarayon kunida o‘yinchoq shpritsni ham ovoling. Bolaga hatto ukol qildirish uchun o‘zi qo‘lini tanlashiga imkon bering.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz