20:30 Bolalar bog‘chalarida katta o‘zgarish | |
Maktabgacha ta’lim muassasalarini o‘yinlar, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash me’yorlari tasdiqlandi(17.03.2018 yilda 2986-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan).
Quyidagilar uchun jihozlash me’yorlari belgilangan: maktabgacha ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda – MTM) guruhlari, shu jumladan salomatligida nuqsoni bo‘lgan (aqli zaif va og‘ir nutq nuqsoni bo‘lgan, tayanch-harakat a’zolarida nuqsoni bo‘lgan, kar va zaif eshituvchi, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi) bolalar uchun maxsus guruhlar;
E’tibor bering! MTM guruhlarini jihozlash me’yorlari turli yoshdagi bolalar guruhlari kesimida, shu jumladan 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun belgilangan (maxsus guruhlar bundan mustasno). Davlat tasarrufidagi bolalar bog‘chalariga bolalar 3 yoshdan qabul qilinadi, nodavlat bog‘chalarda esa bolalarni qabul qilish yoshi ularning ustavlarida belgilanadi. 17.03.2018 yilda 2986-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan hujjatda me’yorlar faqat muayyan toifadagi MTMga (masalan, davlat tasarrufidagi – tahr.) nisbatan amal qilishi ko‘rsatilmagan. Binobarin, tasdiqlangan normativlar ham davlat, ham xususiy MTM uchun majburiy.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 18.03.2018 yildan kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning to‘liq matni, sharhlar va u bilan bog‘liq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» axborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Manba: "norma.uz"
| |
|