20:07 Bollivud yulduzlarining ularning izidan borishni istamagan farzandlari (foto) | |
Mashhur oila farzandlari hamisha ham ota-ona kasbini tanlayvermaydi. Shveta Bachchan Nanda Bollivudning tirik afsonasi Amitabh Bachchan va aktrisa Jaya Bachchanning farzandi Shveta akasi Abhishekdan farqli ravishda ota kasbini davom ettirmaslikni afzal bilgan va modellikni tanlagan. Bundan tashqari u o‘zini jurnalist sifatida ham sinab ko‘rgan. Riddxima Kapur Saxani Rishi Kapur va Nita Singxning farzandi bo‘lgan Riddxima ham kino sanoatida faoliyat yuritishni istamagan. Moda sanoati va zargarlik buyumlari bilan shug‘ullanishni tanlagan Riddxima o‘z sohasida yaxshi mutaxassis hisoblanadi. Masaba Gupta Aktrisa Nina Gupta va Vivian Richardsning qizi Masaba ham kasb borasida boshqa sohani tanlagan. Uning nomi moda olamida dizayner sifatida yaxshi ma’lum. Bundan tashqari, Masaba NYKAA brendi bilan hamkorlikda kosmetik vositalar ishlab chiqara boshlagan. Anshula Kapur Arjun Kapurning singlisi va taniqli prodyusser Boni Kapurning qizi Anshula oila a’zolaridan farqli ravishda kino yo‘lini tanlamagan. Nyu-Yorkda ta’lim olib, Google’da faoliyat yuritgan Kapur xonim ayni vaqtda Ritik Roshanning HRX kompaniyasida operatsion menejer bo‘lib ishlaydi. Rxeya Kapur Anil Kapur va Sunitaning qizi Rxeyaning barcha aka va opalari aktyorlikni tanlagan. Lekin u teleekranlardan uzoqroq yurishni afzal bilib, AQShda ta’lim olgan va ayni vaqtda dizayner-stilist sifatida faoliyat yuritadi. Rxeya Rheson kiyim brendining egasi hisoblanadi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|