22:29 BOMJ o‘zini izolyatsiya qilish qoidasini buzgani uchun jarimaga tortildi | |
Moskvada politsiya uysiz odamga o‘zini izolyatsiya qilish rejimini buzgani uchun jarima soldi. Bu haqda bugun, 17 aprel kuni “Lenta“ nashri xabar bermoqda. Ta’kidlanishicha, “huquqbuzar“ Lianozovskiy bog‘i yaqinida to‘xtatilgan. Unga katta miqdorda jarima solingani aytilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, erkakni politsiya idorasiga olib borib, unga nisbatan bayonnoma tuzilgan. So‘ng, unga nisbatan to‘rt ming rubl miqdorida jarima solingan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|