21:06 Bosh prokuratura bayonoti: Jizzaxda qulagan uy tafsilotlari | |
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxda yangi qurilgan ko‘p qavatli bino qulab tushganligi haqida xabarlar tarqalgan. Bosh prokuratura ham rasmiy bayonot bilan chiqdi. Aniqlanishicha, bugun 10-yanvar kuni soat 17:15 larda Jizzax shahrining Zilol mahallasi, Mustaqillik ko‘chasida qurilayotgan 6 qavatli bino, ya’ni 1-2 qavatlari savdo do‘koni, 3-6 qavatlari 11 ta xonadondan iborat bo‘lgan binoning 240 kv.m iborat bo‘lgan 7 ta xonadoni qulab tushgan. Binoning qulashi oqibatida jabrlangan va halok bo‘lgan fuqarolar aniqlanmadi. Voqea joyiga zudlik bilan Jizzax viloyati prokurori, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va boshqa mutasaddi idoralar rahbarlari hamda tezkor-tergov guruhi a’zolari yetib borishdi. Binoning qulash sabablarini aniqlash borasida Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda, deb yozadi Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov.
Manba: "xabar.uz"
| |
|