Главная » 2016 » Декабрь » 15 » Bosh vazir Abdulla Aripovning birinchi o‘rinbosari ham o‘zgardi
15:43

Bosh vazir Abdulla Aripovning birinchi o‘rinbosari ham o‘zgardi


14 dekbr kuni tayinlangan yangi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Nig‘matovich Aripovning birinchi o‘rinbosari ham malum bo‘ldi.
 
Ma’lumotlarga qaraganda, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari etib “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisi Ramatov Ochilbay Jumaniyozovich tayinlandi. Shu bilan birga, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisiligi lavozimini ham saqlab qolgan.
 
Ramatov Ochilbay Jumaniyozovich ish faoliyatini 1980 yil Urganch deposida lokomotiv haydovchisining yordamchisi sifatida boshlagan. 1988 yilda Toshkent temir yo‘llari transporti va muhandislik institutini tamomlagach, Toshkent teplovoz ta’mirlash zavodida usta, teplovoz sexi direktori o‘rinbosari hamda vagon ta’mirlash sexi direktori lavozimlarida ishlagan.
 
2002 yili “O‘zbekiston temir yo‘llari” AK rahbari lavozimini egallagan.
 
1999-2004 yillarda Oliy Majlis ikkinchi chaqirig‘iga Toshkent shahar Oqtepa okrugidan deputat bo‘lgan.
 
Ramatov Ochilbay Jumaniyozovichga 2013 yilda “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berildi. 2000 yilda sanoat birlashmalari va korxonalarining, ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik muassasalarining respublika sanoatini rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga beriladigan “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan.
 
2008 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida Rustam Sodiqovich Azimov ishlab kelayotgan edi.

Muxtorbek Abdullaev

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: bosh vazir, Abdulla Aripov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz