11:14 Boshsiz 1 yarim yil yashagan xo‘roz | |
1945 yilda amerikalik bir fermer Mayk laqabli xo‘rozning boshini tanasidan judo qilganidan so‘ng, u boshsiz holda naqd 1 yarim yil hayot kechiradi. Xo‘rozning miyasining bir qismi va 1 ta qulog‘i saqlanib qolgan. Xo‘roz hali o‘lmaganligini payqab qolgan fermer unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri pipetka orqali sut va don yuborib, uni boqadi. Mamlakat bo‘ylab bu xo‘roz namoyish qilingach, u mashhur bo‘lib ketgan. Boshsiz xo‘rozning haqiqiy ekanligi tasdiqlanib, rasmiylashtirilgan. Ko‘pchilik bu tajribani takrorlashga urinib ko‘rgan, ammo boshqa hech bir parranda boshsiz holda ikki kundan ortiq yashay olmagan.
Manba: "aniq.uz"
| |
|