07:28 Boylik va kambag‘allik psixologiyasi. U qanday shakllanadi? | |
Kambag‘allar muqim va ishonchli, asosiysi, mutaxassisligi bo‘yicha ish qidirishadi. Ishdan bo‘shatib yuborishlaridan juda xavotirlanishadi va shu lavozimga tish-tirnoqlari bilan yopishib olishadi, boshliqqa yoqishga harakat qilishadi. Boylar maoshga e’tibor berishmaydi, ularning rivojlanishi uchun yordam beradigan ishni izlashadi. Keyinchalik o‘ziga katta imkoniyatlar ochadigan va katta mablag‘ keltirishi uchun zarur tajribaga ega bo‘lishni ko‘zlashadi. Ular bir joyda, bitta lavozimga yopishib olishmaydi. Nimadir yoqmasa yoki o‘sish-o‘rganishning imkoni yo‘qligini sezishsa, shu zahoti ketishadi. Axborot olish “Men hamma vaqt xatarni imkoniyatga aylantirishga intilganman”, deya yozadi Jon Devison Rokfeller. Kambag‘allar televizorlarda namoyish etiladigan seriallarni, filmlarni, ko‘ngilochar dasturlarni ko‘rishga, ijtimoiy tarmoqlar va internetga vaqt ajratishadi. Sariq matbuotni xush ko‘rishadi. O‘zlarining dunyoqarashlarini shakllantirib borishni unutib, miyasini bo‘lar-bo‘lmas axborotlar bilan to‘ldirib tashlashadi. Natijada aqli o‘tmaslashib qolganini sezishmaydi ham. Boylar axborotni aniq, ishonchli manbalardan olishadi va uni jiddiy tahlil qilishadi. O‘zlari uchun zarur axborotlargagina vaqt ajratishadi. Ularning sariq matbuot, siyosat bilan mutlaqo ishlari yo‘q. Foydali, dunyoqarashini kengaytirishga hissa qo‘shadigan qimmatli ma’lumotlarni afzal bilishadi. Bu ma’lumotlarni kitoblardan, internet va boshqa manbalardan izlashadi. Muloqot doirasi Kambag‘allar o‘zlari o‘rgangan odamlar bilan do‘stlashadi. Shuning uchun ham ularning muloqot doiralari tor bo‘ladi. Tanimagan odamlar bilan so‘zlashishni unchalik ham xushlamaydi. Garchi zerikarli, dunyoqarashi ularnikidan past bo‘lsa-da, o‘zlarining afzalliklaridan bahra olish uchun o‘rgangan insonlari bilan “chaq-chaq”lashaverishadi. Badavlat insonlarni ko‘rganda hasad qilishlari, “o‘g‘ri, muttaham” deyishlari ham mumkin. Boylarning muloqot doirasi keng va tanishlari ko‘p bo‘ladi. Ular aloqalar va imkoniyatlar doirasini kengaytirishga yordam beruvchi yangi tanishlar orttirishadi. Tajriba va bilim almashish uchun tadbirkor, uddaburon kishilar bilan muloqot qilishadi. Boylar o‘zlaridan afzal, o‘zlariga qaraganda muvaffaqiyatliroq insonlarga havas qilishadi. Ulardan nimalarnidir o‘rganishga intilishadi. Hayot tarzi Kambag‘al odamlar tinchlikni, uyni yoqtirishadi. Ish vaqti tugashi bilan uylariga chopishadi. Charchaganlarini ro‘kach qilib, divanga cho‘zilishadi. Televizor ko‘rishadi, ijtimoiy tarmoqlarda, internetda maqsadsiz “daydib yurishadi”. Boylar o‘zgarishlarni, sayr-u sayohatni xushlaydi. Bir xillikdan juda tez zirikishadi va faol harakat qilishadi: albatta, sport bilan shug‘ullanishadi, fikr doirasini boyitish maqsadida o‘qishadi, sayohatlarga chiqishadi, foydali ishlar bilan shug‘ullanishadi. Boylar ishdan keyingi bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri yo‘naltira olgani uchun ham boy bo‘lishgan. Ovqatlanishning ham ta’siri bor Kambag‘allar arzon, sifati pastroq mahsulotlarni afzal bilishadi. Foydasidan ko‘ra zarari ko‘proq bo‘lgan bunday mahsulotlarni iste’mol qilish natijasida bosh og‘riydi, salomatlikka putur yetadi, mehnat mahsuldorligi kamayadi. Sen o‘zingni shunchalik aqlli hisoblar ekansan, nima uchun bu qadar kambag‘alsan? Kambag‘allar va boylarning o‘ziga xos qirralari taqqoslansa qiziq natijalarga erishish mumkin. Pul miqdori inson xarakterining qirralari, shaxsiy sifatlari bilan bog‘liq bo‘lar ekan. Shu ma’noda boylar va kambag‘allarni butunlay boshqa-boshqa olam deyish mumkin. Kambag‘allik xususiyatlarini qanday qilib yo‘q qilish va boylarning fazilatlarini qanday shakllantirish mumkin? Boylik karmondan emas, fikrlash, xarakter va turmush tarzidan boshlanadi. Sen boymisan yoki kambag‘almisan? Puli kamlar o‘zlarini kambag‘al deb hisoblashadi. Ammo boylik insonning aqli bilan bog‘liq. Boylar kasodga uchrashi mumkin, shunda ham ularni hech kim kambag‘al deb atamaydi. Ular “singan” taqdirda ham yana qaddini rostlab, o‘zlarini tiklab olishga kuch topishadi. Kambag‘al odam esa bir umr bir joyda depsinganicha qolib ketadi. Boylik va kambag‘allikning kelib chiqish sabablari Jon Devison Rokfeller bir paytlar “Agar sizning yagona maqsadingiz boy kishiga aylanish bo‘lsa, unda hech qachon niyatingiza yetisholmaysiz”, degandi. Kambag‘allik va boylik ruhiyati ta’limga munosabatda yaqqol namoyon bo‘ladi. Kambag‘al kishi tezroq maktabni tugatib, ko‘p pul topib, yaxshi hayot boshlashni istaydi. Buning uchun mashhur mutaxassisliklarni tanlashga, yaxshi maoshli kasbda va muqim doirada ishlashga intiladi. Biror yo‘nalishda ta’lim olish, o‘qib-o‘rganishni to‘xtatib qo‘yishadi. Boylar uzoq muddatga mo‘ljallangan ta’lim jarayonini tanlashadi, muttasil rivojlanish uchun mustaqil ravishda o‘qib-o‘rganishdan to‘xtashmaydi. Ta’limning bir turini tugatishi bilanoq o‘zi zarur deb bilgan yo‘nalishda o‘qishni davom ettiradi. Boriga qanoat qilishmaydi, “osmondagi oyni” mo‘ljallashadi. O‘z imkoniyatlarini to‘la namoyon qilish uchun ko‘ngli istagan kasbni tanlaydi. Doimo harakatda, izlanishda bo‘lishadi. Pul topish madaniyati “Kuni bo‘yi ishlagan odamning pul topishga vaqti bo‘lmaydi”. Bu so‘zlar ham Jon Devison Rokfellerga tegishli. Noto‘g‘ri sarflash Kambag‘allar ko‘proq sarf qilish uchun ko‘p puli bo‘lishini istaydi. Agar pullari ko‘payib qolgudek bo‘lsa, o‘ylamasdan xarajat qilib yuborishadi. Pullari bo‘lmaganida esa, hamma jihatdan iqtisod qilishni boshlashadi. Maoshgacha 1 tiyinga muhtoj bo‘lib turishsa-da, maosh olgandan keyin noratsional sarflashadi. Xarajatlari maosh miqdoridan oshib ketadi. Shu tarzda qarzga ham kirib ketishadi.
Kambag‘allar bir dunyo puli, eng oxirgi urfdagi avtomobili, katta uyi, umuman hamma-hammasi hashamatli bo‘lishini istashadi. Maqsadlarni amalga oshmaydigan bema’ni orzularga almashtirib yuborishadi. Muammo shundaki, ular orzu qilishadi, biroq orzusini maqsad qilib olib, unga yetish yo‘lida reja qilishmaydi. “Holva, degan bilan og‘iz chuchimaydi”. Hayotga qarashning turlicha bo‘lishi Jon Devison Rokfeller “Sizning farovonligingiz o‘zingizning shaxsiy qarorlaringizga bog‘liq”, – degan fikri bilan mutlaqo haq edi. Kambag‘allar ko‘p narsaning ularga aloqasi yo‘qligidan xursand bo‘lishadi. Noqulayliklarga, kambag‘allikka atrofdagi olam aybdor, biroq ular emas. Kambag‘allar taqdirni qo‘lga olish imkoniyati mavjudligiga ishonishmaydi. Oqim bo‘ylab suzishadi. Xulosa Agar sen shunchalik aqlli ekansan, unda nima uchun bunchalar kambag‘alsan? Gap nafaqat aqlda, balki xarakterning xos jihatlarida va hayotiy qarashlarda ham ekan. Boylik va kambag‘allik ruhiyati bizning o‘zimizda, ichimizda yashirin. Agar boy bo‘lishni istasang, dunyoqarashingni o‘zgartir va aniq maqsad yo‘lida harakatingni boshla!
Manba: "xabardor.uz"
| |
|