11:16 Britaniya koronavirusni aniqlashda itlardan foydalanmoqchi | |
Hozirgi vaqtda itlar odamning saraton kasalligini, Parkinson kasalligini, bezgak va turli bakterial infeksiyalarni aniqlay olishadi. London gigiyena va tropik tibbiyot maktabi, Durham universiteti va Buyuk Britaniyaning "Medical Detection Dogs" xayriya tashkiloti odamlarda COVID-19ni aniqlash uchun itlarning hid bilish qobiliyatidan foydalanish mumkin yoki yo‘qligini aniqlashga kirishilgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, olti hafta ichida odamlarda koronavirusni aniqlash uchun itlarni o‘rgatish mumkin. Shundan so‘ng, aeroportlarda kelgan yo‘lovchilarni tekshirish uchun ushbu maxsus itlardan foydalanish mumkin. Mutaxassislar, shu bilan birga, itlar kasallikning alomatlari hali ko‘p darajada o‘zini namoyon qilmagan odamlarda ham kasallikni aniqlay olishiga ishonadi.
Ta’kidlanishicha, tashkilot bunday usul sog‘liqni saqlash tizimining cheklangan resurslaridan faqat ular haqiqatan ham zarur bo‘lgan holatlarda foydalanishga imkon beradi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada koronavirus bilan bog‘liq 14 751 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 761 nafari vafot etgan, 151 nafari esa sog‘ayib ketgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|