20:19 Buyuk Britaniyada dunyodagi eng katta shamol parki qurilmoqda | |
Buyuk Britaniyani o‘rab turgan dengizlar anchadan beri qayta tiklanadigan energetika sohasidagi bir qator katta loyihalarga asos bo‘lib kelgan. Yaqinda bu yerda dunyodagi eng katta shamol parki - umumiy quvvati 3,6 GVt bo‘lgan Dogger Bank paydo bo‘ladi. Tegishli shartnoma kuzda imzolandi va endi qurilish ishlari boshlandi. New Atlas xabar berayotgan elektr stansiya Shimoliy dengizda, Yorkshir qirg‘oqlarida joylashadi. U 1,2 GVt.dan energiya ishlab chiqaradigan uchta blokdan iborat bo‘ladi. Ularning har biri GE Renewable tomonidan ishlab chiqarilgan ulkan Haliade-X turbinalari bilan jihozlanadi. Har bir parrakning uzunligi - 107 metr. Shamol parki Buyuk Britaniyadagi ehtiyojning 5 foiziga teng bo‘lgan 4,5 million uy xo‘jaligini elektr energiyasi bilan ta'minlaydi. SSE Renewables va Equinor loyihaning qurilishi hamda foydalanilishi uchun javobgardir. Hozirgi vaqtda ular shamol parkini joylashtirish rejalashtirilgan hududga qarama-qarshi qirg‘oqda ish boshladilar. Stansiya qurilishi 2022 yilda yakunlanishi, birinchi elektr energiyasi esa 2023 yilda tarmoqqa yuborilishi kutilmoqda.
Manba: "kun.uz"
| |
|