Главная » 2018 » Январь » 30 » Chaqaloq parvarishiga oid 10+1 tamoyil
23:40

Chaqaloq parvarishiga oid 10+1 tamoyil


Bola parvarishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ota-onalar quyidagi 10 tamoyilga asoslansalar bola parvarishi osonroq bo'ladi.

1. Chaqaloqni parvarish qilish uchun kosmetik vositalardan foydalanmang. Kremni o'rniga oddiy sterillangan zaytun yog'idan foydalaning.

2. Chaqaloqni imkon qadar har kuni cho'miltiring.

3. Bolani issiq kiyintirmang. Bolada issiqlik almashinuvi kattalarnikiga nisbatan o'zgacha bo'ladi, u tez terlab ketishi mumkin. Terlagan bola esa oson shamollaydi.

4. Bolani cho'miltirishda shampundan foydalanmang. Eng oddiy, lekin aynan bolalar uchun ishlab chiqarilgan hidsiz va qo'shimchalarsiz bo'lgan sovundan foydalaning.

5. Bolani ko'p qo'lda olib yuring. Qancha ko'p qo'lda bo'lsa, shuncha yaxshi uxlidi va vazni tez oshadi. Qo'lga o'rganib qolishidan qo'rmang. U hozir bunga jismonan muhtojdir. Bola 8-9 oyga kelib o'zi qo'lingizdan yerga tushishga intiladi.

6. Ko'krak suti yetmayotgan bo'lsa, vahimaga tushmang. Bola tug'ilganidan so'ng 6 oygacha onada sut kamayish kunlari kuzatilib turadi. Shu kunlarda bolani yanada ko'proq quchoqlab ko'tarib yuring. Uning badani sizning organizmda sut ko'payishini kuchaytiradi. Qo'shimcha berishga shoshilmang. Shu kunlarda (sutingiz bo'lmasa ham ) bolani tez-tez va uzoq vaqt mobaynida emizsangiz 2-3 kunda sutingiz ko'payganini sezasiz.

7. Bolaga uy ichida qalpoq qiyg'azish shart emas.

8. Xona quruq bo'lsa, bolaning burni qurib tunda uyqusi buziladi. Xonada 40-60% namlikni ushlab turing. Buning uchun nam sochiqlarni ilib qo'ysangiz bo'ladi.

9. Bolani parvarish qilayotganingizda uni badanini doim silang. 1-2 oylik bolani parvarish qilishda uni silash massaj kabi samara beradi.

10. Chaqaloq 1-2 oylik bo'lsa ham uni parvarish qilayotganingizda, kun davomida u bilan mayin ovozda suhbatlashing.

Eng asosiy tamoyil esa bolani parvarishi oson bo'lishi, chaqaloq yaxshi rivojlanishi uchun uyda tartibga rioya qiling. Barcha ishlaringiz muntazam ravishdagi tartibda bo'lsin. Faqat ovqatlanish vaqtini bola o'zi "tanlasin". Qolganiga vaqt belgilab, unga albatta amal qiling. Masalan, uyqu vaqti, uyga qarash vaqti, dam olish vaqti va hokazolar.

Dunyoning mashxur pediatrlarning ta'kidlashicha bolani katta qilish va parvarishlash oson bo'lsin desangiz, doim reja asosida bir tartibda ish tuting.


Manba: "uzbaby.uz"
Категория: Er-Xotin, Turmush psixologiyasi | | Теги: Chaqaloq parvarishi | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz