13:25 Charchoqni ketkazishning oddiy usuli | |
— Yil boshida idora ishlari bilan uzzukun band bo‘lib, sog‘lig‘imga ahamiyat bermadim. Endi esa charchoq tufayli qiynalayapman. Behol va lanj ahvolda yuraman. Kechqurunlari ishdan qaytgach, qanday oddiy tetiklashtiruvchi muolajalarni qo‘llasam bo‘ladi? Nazira Rasulova, Samarqand viloyati Nigora INOG‘OMOVA, nevropatolog: — Surunkali charchoq bezovta qilganda uyqudan oldin 5 daqiqa davomida lavr bargi solingan vanna qabul qiling. Buning uchun 6-8 dona lavr yaprog‘ini bir litr sovuq suvga solib, qaynating. 20 daqiqa tindirgach, bu tayyor «dori»ni iliq suv to‘ldirilgan vannaga yoki cho‘milish uchun ishlatiladigan suvga qo‘shing. Shunday suvda cho‘milsangiz, charchoqlaringiz ketib, huzur qilasiz. Yana bir muolaja: 5 dona limonni mayda qilib to‘g‘rab, 2 litr sovuq suvga solib qo‘ying. 2 soatcha tursin. Keyin suzib, vannadagi suvga qo‘shing. Lavr bargli yoki limonli vannani haftada ikki marta qabul qilsangiz, samarasi yuqori bo‘ladi.
Manba: "http://darakchi.uz"
| |
|