17:13 “Chelsi” futbolchisi koronavirusdan qanday sog‘aygani haqida gapirib berdi | |
Londonning "Chelsi" klubi futbolchisi Kallus Xadson-Odoi koronavirusga chalingan va keyinchali undan shifo topgan edi. Futbolchi koronavirusni qanday yenggani va u insoniyat hayoti uchun qanchalik xavfli kasallik ekanligi haqida so‘zlab berdi. “Ayni paytda o‘zimni juda ham yaxshi his qilyapman. Bir necha hafta oldin menda isitma borligini sezgandim. Avval menda bunday holat bo‘lmagandi. Bu hodisa men uchun g‘alati tuyuldi. Ertasi kuni o‘zimni odatdagidek his qildim. Bu tanamdagi haroratning vaqtincha ko‘tarilishi, deb o‘ylagandim. Biroq unday bo‘lib chiqmadi. Koronavirus yuqtirib olganimni tekshiruvdan so‘ng bildim. Barcha mendan o‘zimni qanday his qilayotganimni so‘rashni boshladi. Yaqinlarim meni qo‘llab-quvvatladi. "Sen, albatta, sog‘ayib ketasan, biz senga ishonamiz", deyishardi. Do‘stlarim doim yonimda bo‘ldi va meni xursand qilishdi. Barchasi juda tez sodir bo‘ldi. Ushbu virus ko‘plab odamlarga yuqib, jiddiy muammolar keltirib chiqarishini bilmasdim. Har bir inson ehtiyot bo‘lishi kerak. Tez orada koronavirus yo‘q bo‘ladi va barchasi avvalgi holiga qaytishiga umid qilaman. Futbolni iloji boricha tezroq qaytishini istayman. Lekin koronavirus pandemiyasi kuchayib bormoqda. Shuning uchun ham asosiy vazifa insonlar xavfsizligi ekanini yaxshi bilaman. Biz maydonga chiqib futbol o‘ynashni istaymiz, qilayotgan ishimizdan zavqlanishni va muxlislar quvonchini ko‘rishni xohlaymiz", dedi Kallum Xadson-Odoi. Eslatim o'tamiz, Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta ham koronavirus yuqtirib olgan edi. Oradan biroz vaqt o‘tgach, u ham ushbu virusdan butkul tuzaldi. Eslatib o‘tamiz, ayni damda koronavirus yuqtirib olgan insonlar soni 1 030 654 nafarni tashkil etyapti. 54 231 odam ushbu kasallik qurboni bo‘ldi. 220 011 nafardan ziyod insonlar koronavirusdan butkul sog‘ayib ketgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|