Главная » 2020 » Январь » 16 » Chet tilini unutib yubormaslik uchun nima qilish kerak
20:00

Chet tilini unutib yubormaslik uchun nima qilish kerak


Xorijiy tillarni o‘rganish qanchalik qiyin bo‘lsa, uni unutish shunchalik oson. Shuncha qiyinchilik bilan o‘rganilgan tilni tezda yoddan chiqarish alam qiladi, albatta. Ushbu maqolada o‘rganilgan chet tilini uzoq vaqt yodda saqlashga oid tavsiyalar berilgan.

1.  O‘rganilgan bilimlaringizning qay biri yoddan chiqayotganini aniqlang
Bu maqsadlaringizni aniqlashga yordam beradi. E’tiborni nimalarga ko‘proq qaratish kerakligini ko‘rsatadi. Buni aniqlash uchun olgan bilimlaringizni maxsus testlar orqali sinab ko‘ring. Natijalarga qarab aynan nimalarda ko‘proq xatoga yo‘l qo‘yganingizni bilib olasiz.

2.  O‘rgangan xorijiy tilingizda gapirib turing
Xorijiy tilda so‘zlashish ko‘nikmasi tez yoddan chiqadi. Shu sabab kuniga 5-10 daqiqa o‘rgangan chet tilingizda gapirishga harakat qiling. Nimalar haqida gapirish esa o‘zingizga havola. Mana masalan, o‘zingiz haqingizda, mutolaa qilgan kitoblaringiz, moda haqida gapirishingiz mumkin. 

Найди человека, с которым сможешь общаться на иностранном языке хотя бы несколько минут в день

3.  Chet tilidan tarjimalar qiling
Mazmuni bo‘yicha qiziqarli matnlar topib, uni o‘z ona tilingizga o‘girishga harakat qiling. Bu orqali so‘z shaxsiy lug‘atingizni boyitasiz. Mahorat bilan tarjima qilingan matnni esa ijtimoiy tarmoqdagi sahifangizga joylashtirishingiz mumkin. Ora-orada tarjimonlik bilan shug‘ullanib turish ham tavsiya etiladi.

4.  Kechki mutolaa
Kitob o‘qish olingan ko‘nikmani mustahkamlashning eng yaxshi usuli. Aynan mutolaa orqali siz yangi so‘zlar bilan tanishishingiz, ularni yodlab qolishingiz mumkin. Biroq o‘qish uchun kitoblarni aynan qiziqishingizga ko‘ra tanlang.   

Читай книги на иностранном языке. Регулярно

5.  Repetitorlik bilan shug‘ullanib ko‘ring
Biz o‘qituvchi bo‘lishni tavsiya qilmaymiz. Chunki buning uchun bilim olish, oliy ta’lim dargohini tamomlash kerak bo‘ladi. Ammo siz xorijiy tilni masalan, ingliz tilini o‘rganayotganlarga ko‘maklashishingiz, repetitorlik qilishingiz mumkin. Bu orqali o‘rganganlaringizni bo‘lishasiz, ham o‘z ustingizda ishlaysiz. 
 
6.  Xorijiy seriallarni ko‘proq tomosha qiling
Kitob o‘qishni xush ko‘rmaysizmi? Hechqisi yo‘q. Xorijiy tilda ko‘proq kino-seriallar tomosha qiling. Bu uchun 20-40 daqiqa ajratsangiz yetadi.

Как не забыть иностранный язык: смотри на нем фильмы, сериалы, шоу и т.д.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz