22:59 Coca-Cola yaratuvchisining hayoti qanday kechgan? | |
Yuz yil avval Amerikaning deyarli har bir dorixonasida gazli ichimlik beradigan avtomatlar bo‘lgan. Bugun olamga mashhur gazlangan ichimliklarning tug‘ilishi ham aslida shu vaqtda bo‘lgan. Masalan, Dr Pepper. Ichimlik yoqib qolgan shinavandalar dorishunoslar tayyorlagan shirin suvni ichish uchun dorixonalarga tez-tez tashrif buyurgan. Biroq farmatsevtlarning bundan qanday manfaat ko‘rgani haligacha noma’lum? Bu kimyo va gazlangan suvning shifovaxsh xususiyatlari bilan bog‘liq. Uzoq yillar avval tarkibida karbonat angidrid bo‘lgan mineral suv sog‘lomlashtirish xususiyatiga (sodali suv ham deyiladi) ega bo‘lgan, shifokorlar ovqat hazm qilish, bosh og‘rig‘i, charchoq va boshqa alomatlarda mineral suvni dori sifatida bemorlarga tavsiya qilgan. Soda dori deb qabul qilingani tufayli farmatsevtlar ichimlik tarkibi borasida tajribalar o‘tkazishdan to‘xtamagan. Jon Pemberton ham shunday olimlardan biri hisoblanadi. Jorjiyalik Jon Pemberton tibbiyot ilmi bilan kollejda shug‘ullangan va asosiy e’tiborini kimyoga qaratgan. 1850-yilda shaxsiy tibbiyot amaliyotini boshlab, sevgan qiziga uylangan, uy xarid qilgan va keyinchalik o‘g‘illi bo‘lgan. Jon tibbiyotdagi yutuqlari sabab turli mukofotlar olgan va dorixona ochgan. Pembertonning hayoti mamlakatda fuqarolar urushi boshlanguniga qadar ideal tarzda o‘tgan. 1862-yilda Jon Pemberton Konfederatsiya armiyasiga qo‘shilgan, Jorjiya uchinchi kavaleriya batalyonining birinchi leytenanti bo‘lgan. 1865-yilda Kolumbusda dushman qo‘shini bilan jang vaqtida bir necha yeridan o‘q yegan Pemberton urushdan qaytgan va uning hayotida bir vaqtning o‘zida yaxshi yoxud yomon kunlar boshlangan. Jon Pemberton Fuqarolar urushi vaqtida olgan jarohatlar qolgan umri davomida unga og‘riqli azob bergan. Og‘riqlarni yengish uchun Jon avvaliga morfiydan foydalangan, keyinchalik doriga ko‘nikib qolishdan qo‘rqib kokain iste’mol qilishga o‘tgan. Pemberton farmatsevt sifatida morfiyning xususiyatlarini juda yaxshi bilgan va kokainning o‘sha davr uchun me’yoriy narx hamda sifatlarga egaligini yaxshi tushungan. Olim, shuningdek, aspirindan ham ununmli foydalanishga muvaffaq bo‘lgan. Pemberton og‘riqni kamaytirish uchun turli dorivor unsurlar bilan tajribalar o‘tkazgan va yakunda g‘alaba formulasini yaratgan. U sodali suvni, kola yong‘og‘i, kokain va sharobga aralashtirib avvaliga Member of ’s French Wine Coca deb nomlangan ichimlikni yaratgan. Shunday nomlangan kokainli vino Fransiyada ommaviylashgan, Pemberton ushbu ichimlik sabab yaxshigina daromad ham ko‘rgan. Ushbu voqeadan ma’lum vaqt o‘tgach olim vino o‘rniga shakarli qiyomdan foydalanadi, keyinchalik 1903-yilda kokain eng kuchli giyohvand modda deb topilib taqiqlanadi. Olim formulani yana o‘zgartirishiga to‘g‘ri keldi. Ana shunday tarixiy o‘zgarishlardan keyin biz hozir Coca-Cola deb ataydigan ichimlik paydo bo‘ldi. Ichimlikning muvaffaqiyati butun mamlakat miqyosiga chiqdi. Ammo Jon Pamberton bundan baxtiyor bo‘la olmadi. Olim kokainga tobe bo‘lib qolgani tufayli halokat yoqasiga kelib qoldi. U 1888-yilda pulga muhtojlik sabab Coca-Cola’ga egalik qilish huquqini banker Asa Griggs Kendlerga sotdi. Garch Pemberton kompaniya rahbarlaridan biri bo‘lib qolishni istagan bo‘lsa ham ushbu rejani amalga oshirishning uddasidan chiqa olmadi. Jon Pemberton 1888-yil 16-avgustda vafot etdi. U Kendler bilan imzolagan kelishuv oqibatida xotini va yolg‘iz o‘g‘li ham hech vaqosiz qoldi. Charli Pemberton otasining kompaniyasini qaytarib olish uchun kurashdi, ammo buning uddasidan chiqa olmadi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|