12:19 Dam olish kunlari havo harorati ko‘tarilishi kutilmoqda | |
Kelayotgan besh kunlikda respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi. O‘zgidromet taqdim etgan xaritada uzoq davom etgan sovuq antitsiklonlar seriyasi respublikadan chekinayotgani tasvirlangan. Bugun, 27 yanvar kuni respublikaning katta qismida “plyus” harorat bo‘lishi aytilmoqda. Respublikaning katta qismida 3 darajagacha iliq harorat kutilyapti. Yog‘ingarchilik kutilmaydi, joylarga tuman tushadi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|