20:39 Dam olish kunlarini qanday o‘tkazish mumkin? | |
Dam olish kunlari yaxshilab dam olish, vaqtichog‘lik qilish va hatto vaqtingizni foydali ishlarga sarflash uchun sizda hamma imkoniyatlar mavjud. Tug‘ilgan shahringizni yaxshiroq o‘rganish Dam olish kunlari — shahar bo‘ylab ekskursiyaga chiqish, o‘lkashunoslik muzeyiga borish yoki o‘zingizga notanish bo‘lgan ko‘chalarda sayr qilish uchun juda yaxshi imkoniyat hisoblanadi. Do‘stlarni to‘plash Sovuq paytlari har doim qor ostida yoki shamolda sayr qilish hammaga ham yoqavermaydi. Bundan chiqish yo‘li — hech qanday sabab va bahonalarsiz uyingizda do‘stlaringizni yig‘ish. Eski buyumlarni ajratish va sotish Ko‘pchiligimizning uyimizda chang bosgan keraksiz eski buyumlar to‘planib qoladi. Bu buyumlarni muhtoj kishilarga tarqatish yoki internet orqali sotish mumkin. Dam olish kunlari shu ishlar bilan shug‘ullanish uchun juda mos keladi. Fotosessiya uyushtirish Bir umrlik esdalik bo‘lib qolishi uchun hayotingizning yoqimli lahzalarini rasmga tushirishga harakat qiling. Biron-bir o‘ziga xos taom tayyorlash Biroz murakkabroq, ajoyib taomni tanlang va tayyorlashni boshlang. Taomni restorandagidek bezang, shamlarni yoqing. Dam olish kunlari — har doim siz bilan birga bo‘ladigan bayram hisoblanadi. 6. Bolalar bilan birga vaqt o‘tkazish Bolalar bilan birga yangi multfilm ko‘rish uchun kinoteatrga, bolalar teatriga, zooparkka, planetariyga yoki muzeyga borishingiz mumkin. 7. Sport bilan shug‘ullanish Sport zaliga yoki fitnes-klubga borishingiz yoki uyda o‘zingiz uchun xohlagan mashqlaringizni tanlashingiz ham mumkin. 8. Kitob o‘qish Dam olish kunlarini anchadan beri o‘qishni orzu qilib yurgan ajoyib detektiv asarni maza qilib o‘qish bilan o‘tkazing. Manba: “Layfxaker”
Manba: "daryo.uz"
| |
|