Главная » 2019 » Декабрь » 28 » Dastlab boshqa maqsadlarda ishlatilgan ixtirolar
18:53

Dastlab boshqa maqsadlarda ishlatilgan ixtirolar


Har bir ixtironing o‘ziga xos tarixi bor, ammo olimlar ijod jarayonida allaqachon mavjud bo‘lgan narsalarning yangi qirralarini kashf qilishadi. Muayyan maqsad uchun yaratilgan obyektlar oxir-oqibatda boshqa maqsadlar uchun foydalaniladigan holatlar mavjud, shuning uchun ular kamroq mashhurlikka erushdilar.

Coca-Cola

Coca-Cola вначале

Coca-Cola ichimligining yaratuvchisi amerikalik Jon Pembertondir. U koka daraxti va kola yong‘og‘ining barglari asosida asab tizimi kasalliklarini davolash uchun damlama yaratdi. Odamlar farmasevtning sa’y-harakatlariga e’tibor qaratishmadi, ammo keyinchalik Pembertonning dori-darmon kompaniyasi aksiyalari g‘ayrioddiy tarkibi tufayli muvaffaqiyatli sotila boshladi va uning yangi egalari Coca-Colani xalqaro bozorga olib chiqdilar.

Qora kiyim

Маленькое черное платье

O‘tgan asrning 20-yillariga qadar qora kiyim faqat motam kunlarida kiyilardi. Bu an’ana o‘z sevgilisi xotirasida qolish uchun “Ford by Chanel” nomli ko‘ylakni yaratgan Koko Shanel tomonidan buzilgan. Ko‘z ochib yumguncha yangi kiyim mashhurlikka erishdi va hanuzgacha moda hayotining ajralmas atributi sanaladi.

Karaoke

Японцы поют в караоке

Karaoke Yaponiyada ixtiro qilingan. Mahalliy musiqachilardan biri o‘zining sevimli qo‘shiqlarini kuylashlari uchun kafe mehmonlari bilan birga gitara chalib kuyladi. Ish kunlarining birida u kasal bo‘lib qoldi va bazmda qatnasha olmadi. Hamkasblariga ovozsiz kuylarini topshirdi. Ular tinglovchilarning didiga mos keldi va gitarachi ushbu formatdagi musiqa taqdimotini patentlashga qaror qildi.

Yugurish yo‘lagi

Заключенные

Hozirgi sport simulyatorining prototipi dastlab Uilyam Kyubitt tomonidan 1817- yilda ixtiro qilingan. Keyin u mexanizmni aylantirish va donni ularning kuchi bilan maydalash uchun mahbuslarni tegirmon g‘ildiragiga joylashtirgan.

Stikerlar

Стикеры

Hozirda ancha ommalashgan ish yuritish buyumlaridan biri – stiker yaratuvchisi yangi yopishtiruvchi ixtiro ustida uzoq ishladi. Ammo uning yopishtiruvchisi yetarlicha mustahkam emasdi va uni boshqa maqsadda ishlatishga to‘g‘ri keldi. Keyinchalik sotuvda yopishqoq qirrali rangli qog‘ozlar paydo bo‘ldi.

Poshnali tuflilar

Старинная обувь на каблуке

Qadimgi Misrda poshnali poyabzallarni diniy marosimlar uchun kiyishgan. O‘rta asrlarda bunday poyabzallarni Yevropa boylari ham kiya boshlagan. Ammo naycha-tovonlilari faqat XX asrda ixtiro qilindi.

Pufakchali qdoqlash paketlari

Пузырчатая упаковка

Ushbu materialni yaratuvchilar Alfred Filding va Mark Chavann yangi paketlarni ixtiro qildilar, ammo ish natijalari kutilganidan boshqacha bo‘ldi.

Uxlash uchun yostiq

Подушка из Древнего Китая

Ba’zi tarixiy dalillarga ko‘ra, birinchi yostiqlar Mesopotamiyada ishlatilgan, ammo undan faqat soch turmagini asrash va hasharotlardan himoyalanish uchun foydalanganlar. Xitoyda kundalik hayotning bu elementiga sehrli ma’no berilgan va yovuz ruhlardan himoya qilish uchun qattiq materiallardan yostiqlar yasalgan.

Vazelin

Вазелин

XIX asrda neft zavodlaridagi nasos quvurlarini tiqilib qolgan mumga o‘xshash moddalardan tozalashdi. Moddani sinab ko‘rishganda, u foydali ekanligi aniqlandi. Undan shamollash va ochiq yaralarni davolashda foydalana boshlashdi.

Choy paketi

Чайные пакетики

Choy sotish bilan shug‘ullanadigan amerikalik Tomas Sallivan ajoyib g‘oya o‘ylab topdi. U mahsulotlarini mayda shoyi sumkachalarga saralab, ularni sinov uchun topshirdi. Xaridorlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri sumkachalarga qaynoq suv quyishdi va bu juda qulay ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Mikroto‘lqinli pech

Микроволновка

Harbiy maqsadlar uchun asbob-uskunalarni sinab ko‘rayotgan amerikalik muhandis Persi Spenserning cho‘ntagidagi shokolad erib ketadi. Keyin u magnetronni boshqa maqsadlarda sinab ko‘rishga qaror qildi va ... popkorn tayyorladi. Shunday qilib, tasodifiy kashfiyot insoniyatning taom pishirishga bo‘lgan yondashuvini o‘zgartirdi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz