20:37 Deniel Kreyg suratga olish jarayonida jiddiy jarohat oldi | |
Filmni suratga olish guruhining aytishicha, tasvir jarayonlari to‘xtatilmaydi. Superagent 007 roli ijrochisi aktyor Deniel Kreyg yiqilib oyog‘idan jarohat oldi. Bu voqea Jeyms Bon haqidagi filmning Yamaykadagi qismini suratga olish chog‘ida sodir bo‘lgan. Deniel Kreygning to‘pig‘ida kichik operatsiya amalga oshiriladi. Jarrohlik amaliyotidan so‘ng ikki hafta o‘tgach tasvirga olish ishlari davom ettiriladi. Tasvirga olish guruhi xabar berishicha, aktyor xavfli tryukni amalga oshirish chog‘ida balandlikdan qulab, oyog‘ini shikastlagan. Uning jarohati jiddiy va kuchli og‘riqni his qilmoqda, deyiladi xabarda. Bu hol aktyor bilan sodir bo‘lgan ilk hodisa emas. Bundan avval aktyor tizzalariga tuz yig‘ilib qolgani bois jarrohlik stoliga yotqizilgandi. Ayni paytda tasvirga olish ishlari davom etadi. Faqat bunda aktyor ishtirok etmaydigan kichik epizodlar tasvirga olinadi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|