Главная » 2017 » Апрель » 4 » Depressiya tana vazniga ta’sir qiladimi?
21:05

Depressiya tana vazniga ta’sir qiladimi?


Xorijlik mutaxassislar insonning tushkun kayfiyat va depressiyani ajratishi uchun 9 ta omilni keltirishdi. Agar mazkur alomatlardan 5 tasi sizni bezovta qilib, uzoq vaqt davom etsa, bilingki, zudlik bilan shifokorga uchrashishingiz darkor.

1. Asosan kunning birinchi yarmida kayfiyatning tushishi

Ba’zan depressiya biroz tushkunlikdan boshlanib, ko‘krak qismidagi og‘riqlar bilan kechadi. Depressiyaning og‘ir shaklida esa inson hayotdan ma’no “topmasligi” ham mumkin. Bunday hissiyotlar asosan kunning birinchi yarmida paydo bo‘ladi. Kech tushishi bilan tarqaydi.

2. Aybdorlik hissi, o‘zini “keraksiz”, deya his qilish

O‘z aybini tan olish – kuchli inson xislati. Biroq har bir qilgan ishidan, harakatidan ayb topib, butun xayollarini shu kamchilik bilan bog‘lash depressiyadan darak. Bunday holda inson miyasida faqatgina bitta fikr “aylanaveradi”. Inson har safar xato qilganini eslaganida, o‘zini keraksiz va baxtsiz his qila boshlaydi.

3. E’tiborsizlikning kuchayishi va beqarorlik

Depressiyaga uchragan inson rejalashtirgan ishlariga ulgura olmaydi. Biron-bir vazifani bajarishda qaror qabul qilish uchun ko‘p quvvat va kuch sarflaydi, ya’ni u o‘zining diqqatini jamlay olmaydi. Insonning miyasi tushkunlik bilan “qoplangani” sababli boshqa ma’lumotlar uchun quvvat yetmaydi. Natijada o‘ziga zarar bo‘lib xizmat qiluvchi tavakkal harakatlarni amalga oshiradi yoki qaror qabul qiladi.

4. Uyquning buzilishi

Depressiya insonning ba’zan ko‘p, ba’zan esa kam uxlashiga sabab bo‘ladi. Ayrim kishilar o‘zining tushkun kayfiyati va salbiy xayollaridan “qochish” uchun vaqtlarini uxlash bilan o‘tkazadilar. Yana ba’zi kishilar esa turli xayollardan xavotirlanib, uxlay olishmaydi. Uyqusizlik boshqa kasalliklarni ham yuzaga keltiradi.

5. Qachondir sizni baxtli qilgan voqea yoki buyum endi quvontirmaydi

Odatda biron-bir hodisa insonni quvontirar yoki biror kiyim unga yoqar edi, ammo bu holat avvalgidek yaxshi kayfiyat bag‘ishlamasa, depressiya boshlanayotganini bildiradi.
6. Tana og‘irligining o‘zgarishi
Ayrim kishilar depressiya holatida vazn yo‘qotadilar, ba’zilar esa aksincha ortiqcha vaznga ega bo‘ladilar. Bu ko‘pincha ovqatlanish jarayonining o‘zgarishi bilan bog‘liq. Masalan, ayrimlar tushkunlik vaqtida ovqatlanishmaydi, yana bir toifa kishilar esa ovqat depressiyadan xalos etadi, deya ko‘p miqdorda tanovul qilishlari mumkin.
7. Bezovtalik, xavotirlanish
Xavotirlanish hissi, qo‘rquv, sarosimaga tushish depressiyadan darak beradi. Bunda bezovtalik besabab yuzaga keladi. Inson ongi orqali xavotirlanish hissi paydo bo‘ladi. Jismoniy jihatdan bu hissiyot yurakning tez urishiga, tez terlashga, uyquning buzilishiga olib keladi.
8. Inson tanasining turli qismlarida og‘riqlar paydo bo‘lishi
Depressiya vaqtida insonning boshi ko‘p og‘riydi, ko‘ngli buziladi, qorin va oshqozon, shuningdek, bo‘yin sohalarida og‘riq yuzaga keladi. Albatta, bu og‘riqlarni depressiya bilan bog‘lash doim ham to‘g‘ri emas. Ba’zan ichki organlarning xastaligi mazkur og‘riqlarni keltirib chiqarishi mumkin.

9. Hayotni “tark etish” haqidagi xayollar

Depressiyaning eng og‘ir alomati hayotga bo‘lgan ishtiyoqning yo‘qolishidir. Yuqoridagi omillarning birortasi ham kuzatilmay, 2 hafta muddat davomida faqatgina yashashdan ma’no qolmagandek tuyulayotgan bo‘lsa, darhol shifokorga uchrashish lozim.

Inson hayotga bir marotaba keladi. Har bir kunimiz, har bir onimiz biz uchun ulkan tuhfa. Har qanday vaziyatda ham masalaning yechimi topilishini unutmang. Hayotga muhabbat bilan qarashni, go‘zallikni his qilishni o‘rganing. Bu esa nafaqat sizni, balki atrofingizdagi insonlarni ham baxtli qiladi.

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Salomatlik | | Теги: depressiya, tana vazni, ta’sir qiladi | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz