Главная » 2020 » Январь » 12 » Depressiyani kuchaytiruvchi mahsulotlar
18:46

Depressiyani kuchaytiruvchi mahsulotlar


Kayfiyatingiz biroz tushkun bo‘lgan paytda siz salatning o‘rniga pitssani tanlaysiz – bunda yengil depressiya og‘irroq shakliga o‘tish ehtimoli ancha katta.

Gap shundaki, o‘zingizni g‘amgin his qilgan paytlarda qo‘llaringiz beixtiyor uzaladigan oziq-ovqatlar bu holatni faqat kuchaytira oladi deb ogohlantiradi nyu-yorklik parhezshunos Keri Glassman.

Agar kayfiyatingiz unchalik yaxshi bo‘lmasa quyidagi 5 oziq-ovqatdan voz kechishga to‘g‘ri keladi:

Shirinliklar

Muvaffaqiyatsiz o‘tgan kunni yashirib qo‘yilgan pechenelar bilan to‘g‘rilashga urinishdan oldin shuni bilib oling: qondagi shakarning qisqa muddatli eyforiyasidan keyin xuddi shunday keskin tushish yuz beradi.

Energetik ichimliklar

Tetiklikni oshirishi kerak bo‘lgan energetik ichimliklar aksincha sizni butunlay kuchsiz ahvolda qoldirishi mumkin. Hatto kofeinning unchalik katta bo‘lmagan miqdori ham depressiya va xavotirli holatni kuchaytirishga yordam berishi mumkin. Bundan tashqari, kofein va shakarning birikmasi bu moddalarning alohida o‘zidan ko‘ra yomonroqdir.

Spirtli ichimliklar

Spirtli ichimliklar markaziy asab tizimining fikrlarimizni, tushunchalarimizni, hissiyotlarimizni va qaror qabul qilishimizni boshqaradigan supressorlari hisoblanadi. Spirtli ichimliklar bu tuzilmalarni sekinlashtiradi, bu esa hozircha yengil bo‘lgan depressiyani kuchaytirishi mumkin.

Aspartam

Parhezli gazlangan ichimliklarda, jeleli shirinliklarda va hatto ba’zi nonushta uchun yormalarda ham uchraydigan bu sun’iy shakarning o‘rnini bosuvchi modda – depressiya bilan bevosita bog‘langan.

Soya yog‘i

Tadqiqotlarga ko‘ra, ko‘pchilik joylab o‘ralgan oziq-ovqatlarda qatnashuvchi bu transyog‘larning befoyda turi depressiya xavfini deyarli 48% ga oshirishi mumkin ekan. Gap shundaki, bu yog‘ tarkibidagi omega-6 yog‘ kislotalari miqdorining yuqori bo‘lishi organizmdagi yallig‘lanish jarayonini kuchaytiradi


Manba: "sof.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz