Главная » 2020 » Март » 22 » Dunyo bo‘ylab izolyatsiyaga olinganlar soni 1 milliardga yetdi
10:04

Dunyo bo‘ylab izolyatsiyaga olinganlar soni 1 milliardga yetdi


Dunyo bo‘ylab bir milliardga yaqin odam koronavirus tarqalishining oldini olish uchun izolyatsiyaga olindi. Bu haqda 21 mart kungi holatga asoslanib, AFP agentligi xabar bermoqda.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, dunyoning 35 mamlakatida bir milliardga yaqin odam uyida o‘tirishga majbur bo‘lgan. Ularning 600 millioni hukumat tomonidan taqiqlangani sababli izolyatsiyaga olingan.

Yevropaning Italiya, Fransiya, Belgiya, Ispaniya va Avstriya kabi davlatlarida bu borada juda qattiq cheklovlar amal qilmoqda.

AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakat koronavirusga qarshi "urushda g‘alaba qozonmoqda", degan so‘zlariga qaramay, ba’zi shtatlar cheklovlarni keskin kuchaytirdi. Nyu-Jersi, Kaliforniya va Illinoys shtatlarida yashovchilarning barchasi o‘z uylarida izolyatsiyaga olindi.

COVID-19 keksa odamlarga va surunkali kasalliklarga chalingan odamlarga tahdid solishi sir bo‘lmay qoldi. Ammo Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ushbu infeksiya yoshlar uchun ham xavfli ekanligini ta’kidladi.

“Bugun yoshlarga aytadigan gapim bor: siz xavfdan yiroqda emassiz. Ushbu virus sabab bir necha hafta shifoxonada yotib qolishingiz va hatto, nobud bo‘lishingiz mumkin”, dedi JSST rahbari Tedros Adanom Gebreysus.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz