19:49 Dunyoda koronavirus bilan kasallanishning oxirgi muddatlarini ma’lum qilindi | |
Koronavirus infeksiyasining faolligi aprel va may oylarida sezilarli darajada pasayishi mumkin. Ushbu fikrni Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh shtatdan tashqari mutaxassisi Nikolay Briko bildirdi. Uning fikricha, virusni yuqtirish holatlari yilning fasliga qarab turlicha qayd etiladi. Mavsum o‘zgarishi bilan uning [вирусининг] faolligi pasayadi, deya uning so‘zlarini TASS keltirmoqda. Mutaxassis koronavirus infeksiyasi dunyo aholisining yarmidan ko‘piga ta’sir qilishi mumkin degan taxminga shubha bilan qaradi. Uning fikriga ko‘ra, bu holat o‘rta asrlarda, ya’ni infeksiya nazoratsiz bo‘lgan paytda sodir bo‘lishi mumkin edi. Ammo hozirda mamlakatda virusni to‘xtatish va uni nazorat qilish bo‘yicha turli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, yuqtirganlarning deyarli 80 foizida infeksiyaning yengil turi aniqlangan. Shunga qaramay, Briko nafaqat koronavirus xavfini e’tiborsiz qoldirmaslikka chaqirdi, balki vahima qo‘zg‘amaslikni ham maslahat berdi. 2019 yil 31 dekabr kuni Xitoy hukumati Uxan shahrida pnevmoniya tarqalishini e’lon qildi. Kasallik rasmiy ravishda COVID-19 deb nomlangan yangi turdagi koronavirus hisoblanadi. Hozirgi vaqtda virusni 374 mingdan ortiq odam yuqtirgan, 100 mingdan ortiq odam tuzalib, 16 mingdan ortiq odam vafot etgan.
Manba: "sof.uz"
| |
|