09:37 Dunyoda koronavirusning tarqalishidan daromad ko‘rgan kompaniya nomi oshkor qilindi | |
Draegerwerk qimmatli qog‘ozlarining narxi nemis indekslarining 17–30 foizgacha tushishi oqibatida balandlagan. Kompaniya aksiyalariga bo‘lgan talab yangi buyurtmalar haqidagi mish-mishlar tufayli oshib ketgan: Draegerwerk mamlakat ichidagi kasalxonalarga 10 mingta apparat yetkazib bermoqchi va yana shuncha vosita xorijga eksport qilinadi. Tahlilchilar investorlarga Draegerwerk aksiyalarini portfelda ushlab turish va sotmaslikni tavsiya qilgan, sababi kelajakda apparat vositalari tanqisligi tufayli kompaniya aksiyalari yana ko‘tarilishi mumkin. Taxminlarga ko‘ra, ularning sotuvi kompaniyaga 2020-yilda taxminan 230 million yevro foyda keltiradi. Shu tariqa Draegerwerk’ning soliqqa tortilgunga qadar sof foydasi 173 million yevroni tashkil qilishi mumkin. Draegerwerk 2019-yil hisobotlarida 2,78 milliard yevro daromad qilgani va soliqqacha foyda 66,6 million yevroni tashkil etgani qayd qilingan. 1,74 milliard yevro tibbiyot buyumlari savdosidan tushgan, sun’iy nafas berish qurilmalarining sotuvidan qancha foyda ko‘rilgani 2019-yil hisobotlarida ko‘rsatilmagan.
Manba: "daryo.uz"
| |
|