11:43 “El-Klasiko”da jarohatlangan Krishtianu Ronaldu Chempionlar Ligasi finalida o‘ynay oladimi? | |
“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya La Ligasining so‘nggi turlaridan o‘rin olgan “Sevilya” va “Selta”ga qarshi o‘yinlarni jarohat tufayli o‘tkazib yuboradi. Bu haqda AS nashri xabar berdi. Ammo Krishtianu La Liganing so‘nggi turidan o‘rin olgan “Vilyarreal”ga qarshi o‘yinda va Yevropa Chempionlar Ligasi finalida maydonga tusha oladi. Ma’lumot uchun Ronaldu kecha, 6-may sanasida “Barselona”ga (2:2) qarshi o‘yinda jarohat olib, tanaffusda o‘z o‘rnini Marko Asensioga bo‘shatib bergandi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|