20:50 Elektron sigaretalar zararsiz emas | |
Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Kaliforniya va San-Fransisko universitetlari olimlari elektron sigaretlar ustida tadqiqot olib borishdi. Uzoq muddat davom etgan va 32 000 dan ortiq chekuvchilar bilan o‘tkazgan tadqiqotlar elektron sigaretlarning o‘pkada astma, bronxit, emfizema va xronik kasalliklarning rivojlanish xavfini 2,6 baravarga kuchaytirishini isbotladi. Ayniqsa, elektron va oddiy sigaret, veypinglardan aralash foydalanadiganlarda bu xavf 3 baravarga kuchayar ekan. Kaliforniya universiteti xodimi, tadqiqot mualliflaridan biri Stenton Glantsning yozishicha, elektron sigaretalar o‘z holicha juda zararli. U boshqa turlar bilan aralash chekiladimi, alohida o‘zimi, baribir juda xavfli.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|