16:16 Eng boy va omadli burj sohiblarining reytingi! Siz nechinchi o‘rindasiz? | |
Astrologlar insonning moliyaviy barqarorligi yulduzlar joylashuviga bog‘liqligini ta’kidlashadi. Keling, qaysi burj sohibi eng boy va pul topishda omadli ekanligini bilib olamiz. Reytingni ohiridan boshlaymiz. 12 o‘rin — O‘qotar Boyvachchalar reytingida eng ohirgi o‘rin O‘qotarniki. Bu uning puli yo‘qligi uchun emas. Pul unda bor va kam ham emas. Faqat O‘qotarlar qancha pul topmasin bu ular uchun shuncha kam. U undan boyroqlar ham borligi bilan ko‘nika olmaydi. Ahir bu adolatdan emas! O‘qotar Forbes ro‘yxatida beshinchi o‘rinni egallasa ham o‘zini kambag‘al deb biladi. Ahir beshinchi o‘rinku, bir emas! 11 o‘rin — Qovg‘a Qovg‘alar hech qachon ko‘p pul topishga harakat qilmaydi, shu sababli ularda u yo‘q. Qovg‘aga nima uchun pul kerak? Har bir tiyin ustida bosh qotirish? Bu u haqida emas. Qovg‘a doim taqdirga suyanadi, va, to‘g‘risini aytganda, taqdir unga hech qachon pand bermagan. Qovg‘aning yonida doim unga yaxshi hayotni ta’minlab beradigan inson bo‘ladi. 10 o‘rin — Baliq Baliqlar oddiy bir sababga ko‘ra 10-o‘rindan joy egallashadi. Ular pul ishlashni bilmaydi. Hayot doim ularga turli “shirin” yo‘llarni tashlaydi, ammo Baliqlar a) ko‘rishni istamaydi, b) topganini o‘ylamay sarflab yuboradi. Baliqlar qimmat va har doim ham kerak bo‘lmaydigan narsalarga sarflashadi va keyin ro‘zg‘origa puli qolmasligi haqida hatto o‘ylashmaydi. Albatta, yeb-ichishiga ular pul ishlay oladi, boshqa ortiqcha narsaga emas. 9 o‘rin — Tarozi Tarozilar pulni yomon ko‘rishadi. Ular pulda hech qanday yaxshi narsa yo‘qligiga ishonchi komil. Ular uchun pul ishlab topishga urunish —pastkashlik! Shunga qaramay Tarozilar hashamatli hayotni sevishadi, ammo o‘zlari buni yashirishadi. Atrofdagilarga esa haqiqiy rassom och bo‘lishi kerak deb uqtirishadi. 8 o‘rin — Egizaklar Egizaklar — pul topishga usta, ammo saqlab qolishga emas. Qo‘llariga qandaydir summa tushishi bilan, Egizaklarning qo‘llari uyushadi — ularni tezroq sarflashi kerak! Kim bilsin nima bo‘ladi! 7 o‘rin — Buzoq Buzoqlar chin dildan kambag‘allashishni yaxshi ko‘rishadi. Ular har qanchalik harakat qilishmasin, ammo koinot go‘yoki ularga boyishga yo‘l qo‘ymayotganday. Qizig‘i, pul Buzoqlarda bor, ammo ularning shinam hayoti uchun yetadi xolos. Buzoq qanchalik tirishmasin, ortiqcha narsaga ortirolmaydi. 6 o‘rin — Arslon G‘ururli Arslonlar uchun pullar boshqalarning ko‘ziga cho‘p tiqish uchun kerak. Ko‘rinishidan Arslonlar doim omadli va boy, dabdabali restoranlarda tushlik qilishadi (uyda makaron yeyishadi), shaharning nufuzli tumanida yashashadi va zamonaviy kiyinishadi. Odatda Arslonlar odamlarning ko‘zida boy tuyulishga urunishadi. 5 o‘rin — Saraton Saratonlarga pul kerak. Shunchaki kerak emas, KERAK. Nima uchun? deb so‘rang: “Menga kerak!” Umuman olganda bu yaxshi hislat, ahir Saratonlar hamma narsani uyga tashiydi. Kerak yoki yo‘qligini keyin aniqlab oladi. 4 o‘rin — Qo‘y Qo‘ylar xavfli va qaltis pulli ishlarga qo‘l urishni yaxshi ko‘rishadi. Odatda ular juda katta pulli bo‘lib, kunlarining ohirigacha ulardan ajralishmaydi. Eng quvonchlisi ularning o‘limidan keyin bo‘ladi. Qo‘ylarning me’rosxo‘rlari — vagon va kichkina aravachada, me’ros esa yo‘q! 3 o‘rin — Tog‘ echkisi Tog‘ echkilari bolaligidan kopilkalarini to‘ldirish san’atini o‘rganishadi: yoki ko‘p topish kerak, yoki kam sarflash. Tog‘ echkilari ikki jabhada ham omadga erishishadi. Ular kam sarflashadi, ko‘p yig‘ishadi. Ular pulni arzimagan narsaga sarflashdan ma’ni ko‘rishmadi, undan ko‘ra, o‘sha pulni o‘zlarini rivojlantirishga sarflashadi, keyin ko‘p pul topish uchun. Tog‘ echkilari uchun pul — hashamat emas, vosita. 2 o‘rin — Chayon Chayonlar fahrli ikkinchi o‘rinni egallashadi, sababi juda ham pul yaxshi ko‘rishadi, yutkazishni yomon ko‘rishadi. Moliyaviy barqarorlik uchun ular raqiblarining boshida ham yurishadi. Moliyaviy mustaqillikka Chayonlar katta yoshda erishadilar va bir nechta avlodlariga yetadigan boylik qoldiradilar! 1 o‘rin — Sunbula Vanihoyat birinchi o‘rin! — Sunbula. Moliyaviy barqarorlikka ular shaxsiy zohidlik va mehnatsevarliklari natijasida erishadilar. Sunbula — bu arzon shim kiyib, hech narsadan hijolat bo‘lmaydigan milliarder. “Farqi nima oddiy djinsi!” Siz qaysi o‘rindasiz? Sharhlarda bo‘lishing!
Manba: "darakchi.uz"
| |
|