21:31 Erdo‘g‘anning maslahatchisi Turkiya Rossiya bilan urushishga tayyorligini aytdi | |
Maslahatchi 25 million nafar musulmon yashaydigan Rossiya «ichidan tilka-pora bo‘lishi»ni aytdi.Turkiya prezidentining maslahatchisi, xavfsizlik va tashqi siyosat bo‘yicha prezident qo‘mitasi a'zosi Mesut Haqqi mamlakat Rossiya bilan urushga tayyorligini ma'lum qildi. U bu haqda A Haber telekanali efirida aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Suriya, Iroq, kurdlar yoki arablarning dushmani emas. «Biz ular bilan og‘a-inimiz. Biz aka ukani o‘ldirmasligi uchun shu yerdamiz», — dedi u. Haqqi Moskva noto‘g‘ri yo‘ldan ketayotgani va Anqaraning ishonchini yo‘qotganini qo‘shib qo‘ydi. Maslahatchi 25 million nafar musulmon yashaydigan Rossiya «ichidan tilka-pora bo‘lishi»ni aytdi. «O‘tmishda biz Rossiya bilan 15 marta jang qilganmiz, buni yana qilamiz, qasosimiz dahshatli bo‘ladi», — dedi u.
Manba: "kun.uz"
| |
|