08:19 Eronda halokatga uchragan samolyotdan qolib ketgan yo‘lovchi aniqlandi | |
Ukrainaning «Boeing 737» samolyoti Tehron yaqinida halokatga ucharagandi. Ottava (Kanada)da yashovchi Muhsin Ahmadipur faqat tasodif sabab omon qoldi. Ammo uning rafiqasi Roja Ozodiyon o‘sha mash’um reysda edi... Er-xotin qarindoshlarinikiga qishki ta’tilga kelishgan, qaytishda esa Kiyev orqali Kanadaga uchishlari kerak edi. 8-yanvar kuni tongda aeroportga yetib kelgan Ahmadipurning chiptasini yaroqsiz deb uchishga ruxsat berishmadi. Xotini esa uchib ketadigan, turmush o‘rtog‘ini uyda kutadigan bo‘ldi, deb yozadi «Ottawacitizen». Kiyevga samolyot soat tonggi soat 6:15 da uchdi, oradan bir necha daqiqa o‘tib esa radarlardan yo‘qolib qoldi. Samolyot havoda yonib ketib (halokat bobida turli taxminlar bor), yerga qulagan. Samolyot bortidagi 176 nafar insondan birontasi ham omon qolmagan. Ularning aksariyati eronliklar va kanadaliklar edi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|