20:53 Eronda koronavirusga chalingan bemorlar yotgan shifoxona yoqib yuborildi | |
Eronning Bandar Abbos shahri aholisi koronavirus bilan kasallangan bemorlar joylashgan shifoxonani yoqib yuborishga urindi. Bu haqida “Iran International” telekanali xabar bermoqda. Telekanal taqdim etgan videolavhalarda shahar aholisi yonayotgan tibbiy muassasani qanday kuzatayotganini ko‘rish mumkin. Keyinchalik olov o‘chirilgan. “Iran International” ma’lumotlariga ko‘ra, odamlar koronavirus bilan kasallangan o‘n nafar bemorning kasalxonaga olib kelinganiga norozilik bildirishgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda koronavirusga chalinganlar soni 593 nafarga yetdi. 43 kishi kasallik tufayli olamdan o‘tdi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|