21:41 Eronlik futzalchi koronavirusdan vafot etdi | |
Ta’kidlanishicha, 23 yoshli Shayxi bundan 10 kun muqaddam shifoxonaga yotqizilgan va 26-fevral, chorshanba kuni vafot etgan. Shu tariqa u COVID-19 virusi bois hayotdan erta ko‘z yumgan birinchi futzalchi sifatida tarixda qoldi. 28-fevral, juma kungi holatga ko‘ra Eronda 19-fevraldan boshlab koronavirus bilan zararlanishning 388 holati qayd etilgan, shundan 34 nafar bemor vafot etgan, 73 nafari kasallikdan sog‘aygan. Eslatib o‘tamiz, Xitoy hukumati 2019-yilning 31-dekabr kuni Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatning markaziy qismida joylashgan Uxan shahrida paydo bo‘lgan noma’lum zotiljam haqida xabardor qilgan edi. Mutaxassislar yuzaga kelgan kasallikni yangi koronavirus sifatida qayd etdi. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mazkur virus tarqalishini xalqaro darajadagi favqulodda holat deb baholab, unga rasman COVID-19 deb nom berdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda koronavirus tashxisi qo‘yilgan 245 kishidan 26 nafari vafot etgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti taxmin qilishicha, Eronda kasallanganlar soni hozirgacha ma’lum holatlarga qaraganda ancha ko‘p bo‘lishi mumkin. Eron sog‘liqni saqlash vaziri o'rinbosari hamda xotin-qizlar va oila masalalari bo‘yicha vitse-prezidenti koronavirus bilan kasallangan. Eronning Vatikandagi sobiq elchisi koronavirus tufayli vafot etdi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|