07:34 Erta qarimaslik uchun nima qilish kerak? | |
Hamma insonlar ham keksayadi. Bu tabiat qonuni. Ammo qarilik doim ham: tinimsiz og'rib turuvchi munkillagan tana emas, balki qalb holati ham hisoblanadi. Bu ko'ngil holati biologik yoshga bog'liq bo'lmasligi xam, 20 yoshga kirib qarigan tanalarni uchratish mumkin. Ko'ngil qari bo'lsa – tana ham unga moslashib oladi. Erta qarish: sabablari va belgilari Pasportda ko'rsatilgan yoshdan tashqari har bir inson uchun shaxsiy keksayish tempi –biologik yoshi mavjud. Olimlar ayrim insonlarni erta qarishi, ayrimlarini esa uzoq vaqtgacha navqiron qolishini allaqachon aniqlab ulgurishgan. Qarish tezligiga genetik sabablardan tashqari – stress holatlari miqdori va uning natijasida kelib chiqqan tashqi dunyoga bo'lgan nosog'lom reaksiyalar ta'sir etadi. Erta qarishda emotsional kuyishning barcha belgilari: ipoxondriya, xavotirlik va isteriyaga moyillikni kuzatish mumkin. Boshqacha aytganda, sizning atrofingizda sal narsaga baqirib, oyoqlarini depsinadigan inson bo'lsa – bilingki bu «erta qarigan odam» hisoblanadi. Qiziq joyi bunday insonlar oz emas. 38% rossiyaliklarning biologik yoshi pasport yoshiga nisbatan 7-9 yoshga katta. Ularning ko'pchiligi vazni og'irligi, tez-tez og'rishi va zaifligi bilan ajralib turadi. Olimlar «erta qarish» sabablarini aniqlashga harakat qilishib, hayot tarzining bevosita ta'siri borligiga e'tibor qaratishdi. «Yosh qarilar» odatda kam yetarli ma'lumotga ega emasligi, kam pul ishlab topishi, kommunal uylarda yashashi, yomon ovqatlanishi, kam harakatlanishi va o'z ishini ko'ra olmasligi bilan ajralib turishi aniqlandi. Xulosa, erta qarishning hayotdan qoniqish darajasi bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'liqligi bor. Erta qarishning boshqa sabablariga quyidagilar kiradi: 1. Hayotdan norozilik; Erta qarimaslik uchun nima qilish kerak? 1. Kamroq yeyish va ko'proq harakatlanish kerak Ko'pchilikka ma'lum Yaponiya davlati uzoq umr ko'ruvchi insonlar bilan dong taratgan. Bu yerda insonlarning o'rtacha umri 83,91 yoshni tashkil qiladi. Shunga yaqin ko'rsatkichlar Skandinaviya mamlakatlari va Fransiyaga xam tegishli. Bu mamlakatlarning barida ovqatlanish ratsioni o'ziga xos: Yaponiya va Skandinaviyada ko'p miqdorda dengiz maxsulotlari iste'mol qilinadi, Fransiyada esa ovqatni oz-oz miqdorda va shoshilmasdan yeyishga odatlanishgan. Yaponiyada semiz insonlar soni bor yo'g'i 3% ni tashkil etadi. Skandinaviyada 70% axoli sport bilan shug'ullanadi. Uzoq yashovchilarni so'rab surishtirishganda, ular yengil ovqatlanishganini, ko'p ishlashganini ta'kidlashadi. 2. O'qishni davom ettirish kerak Insoniyat tug'ilgandan boshlab dunyoni o'rganishga kirishadi, o'zi uchun yangiliklarni ixtiro qiladi. O'ttiz yoshlarga kelib esa ko'pchilik insonlarda hayot uchun nima kerak bo'lsa barcha narsani o'rganib olganday hissiyot tug'iladi. Mutaxassislikka ega bo'lgach o'qish-izlanish ikkinchi planga o'tadi. Shundan boshlab qarish boshlanadi «Inson izlanishdan to'xtasa – qarish bosqichiga o'tgan bo'ladi» deb yozadi A,A.Zinovyev. 3. Hayotdan zavqlanish kerak Karl May 1860 yillarda Kavkaz tomonlarda sayoxat qilib, bu yerda uzoq umr ko'ruvchilar ko'pchilikni tashkil etishiga e'tibor qaratgan. Ko'plab tanish-bilish, qarindosh-urug'chilik, qo'ni-qo'shnichilik, bir-birini qo'llab quvvatlash, iliq munosabatlar – bularning bari qo'rquvni yo'qotadi, yolg'izlik, tushkunlik, g'amginlik va depressiv kayfiyatni oldini oladi. Bundan chiqdi – eng asosiysi – psixologik komfort va hayotdan zavqlanish hisoblanadi. Eng ko'p chekuvchi mamlakat sanalsada iliq oilaviy munosabatlar italiyaliklarga ham uzoq umr ko'rishga yordam beradi. bu yerda insonlar o'rtacha 77 yoshgacha yashaydi. Kubaliklardagi hayotga bo'lgan ishtiyoq, optimizm va hayotdan zavqlanish bu mamlakat aholisini ham uzoq umr ko'ruvchiar qatoriga qo'shadi (76 yosh). So'nggi so'z o'rnida biologik yoshni aniqlash metodikasini ishlab chiqqan professor Lyudmila Belozerova so'zlarini keltiramiz: «Moddiy farovonlik yoshlikni cho'zish va hayotga bo'lgan munosabatlarda muhim rol o'ynaydi. Sekin qariydigan insonlar odatda ko'p harakatlanishadi, ishtiyoq bilan mehnat qilishadi, to'g'ri kelgan narsani oz-ozdan yeyishadi, hayotga nisbatan optimistik ruhda bo'lishadi, atrofdagilarni do'stona munosabata bo'lishadi».
Manba: "hordiq.uz"
| |
|