Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra, ertaga, 20 iyun kuni Respublikada quyidagicha ob-havo kuzatiladi.
Toshkentda havo harorati kechasi +19...+21, kunduzi +33...+35 daraja bo‘ladi. 7-12 m/s tezlikda shamol esib turadi. Biroz bulutli havo kuzatiladi.
Farg‘ona vodiysida havo harorati kechasi +17...+22, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi. Havo bulutli bo‘lib, 12-17 m/s tezlikd shamol esadi.
Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo harorati kechasi +17...+22, kunduzi +31...+36 daraja bo‘ladi. 12-17 m/s tezlikda shamol esib turadi.
Navoiy, Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo harorati kechasi +20...+25, kunduzi +32...+37 daraja bo‘ladi. 12-17 m/s tezlikda shamol esib, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo harorati kechasi +20...+25, kunduzi +34...+39 daraja bo‘ladi. 12-17 m/s tezlikda shamol esib turadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo harorati kechasi +18...+23, kunduzi +31...+36 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 5-10 m/s ga yetadi.
Chimyon va Qamchiq dovonida havo kechasi +12...+17, kunduzi +16...+21 daraja bo‘lib, yomg‘ir yog‘ishi kutiladi. Shmol tezligi 12-17 m/s tezlikka yetadi.