11:36 Fakt! Koronavirus ovqatdan yuqmaydi. Chunki... | |
Ogayo shtati universiteti xodimi Sanja Ilich koronavirusning oziq-ovqat orqali yuqishi haqidagi afsonaga oydinlik kiritdi. Bu haqda MedicalXpress xabar bermoqda. "Koronavirus oshqozon-ichak trakti kasalligi emas, COVID-19 infeksiyasi oziq-ovqat mahsulotida ko‘paymaydi", dedi olim va viruslar yuzada ko‘paymasligini, ularga faqat tirik organizm kerakligini qo‘shimcha qildi. Biroq, u koronavirusni supermarketda yuqtirib olish mumkinligi haqida ogohlantirdi. Buning oldini olish uchun Sanja ikki metrlik ijtimoiy masofa qoidasiga rioya qilishni va vaqti-vaqti bilan qo‘llarini antiseptiklar bilan tozalashni tavsiya qildi. Sotib olingan sabzavot va mevalarni yaxshilab yuvish kerakligini ham aytib o‘tdi. Mutaxassisning ta’kidlashicha, yetkazib beriladigan tayyor ovqatni buyurtma qilishdan qo‘rqish kerak emas. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda do‘kon yoki restoranlardan etkazib berish xizmatlari orqali koronavirusning yuqishi holatlari to‘g‘risida ma’lumot yo‘q.
Manba: "aniq.uz"
| |
|