23:22 Farg‘onada fermer janjal qurboni bo‘ldi | |
Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida qotillik sodir bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi. Qayd etilishicha, joriy yilning 18 mart kuni soat 11:30 lar chamasida O‘zbekiston tumani, Yangi Hayot qishlog‘ida yashovchi F.M. (1995 y.t., sudlanmagan, ishchi) shu tumandagi fermer xo‘jaligi rahbari Sh.A. bilan suv talashib, o‘zaro janjallashadi. Janjal jarayonida F.M. qo‘lidagi temirdan yasalgan bog‘ qaychisi bilan fermer xo‘jaligi rahbarining boshiga bir necha marta qasddan uradi. Buning natijasida Sh.A. voqea joyida vafot etadi. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi ("Qasddan odam o‘ldirish") jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda F. M. hibsga olinib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|