22:03 Farg‘onada nosoz attraksion ayolning o‘limiga sabab bo‘ldi | |
Farg‘onadagi Al-Farg‘oniy nomidagi bog‘da 2 yanvarda Booster max attraksionida baxsiz hodisa yuz berdi. Attraksionning ishlashi vaqtida uning boltlari buralib, mahkamlash detallaridan biri chiqib ketgan. Detal attraksionda uchayotgan, Toshloq tumanida yashovchi 32 yoshli Nargiza Yu. ismli ayolning boshiga urilishi oqibatida u tan jarohati olgan. Ayol shifoxonaga yetkazilgan, biroq shifokorlarning urunishlariga qaramay u vafot etgan. Bu haqda Bosh prokuraturada ma'lum qilindi. O‘tkazilgan tibbiy tekshiruv ma'lumotlariga ko‘ra, ayol baxsiz hodisa vaqtida boshidan o‘limga olib keluvchi og‘ir jarohat olgan. Ushbu hodisa yuzasidan Farg‘ona prokuraturasi dastlabki tergov ishlarini olib bormoqda. Ta'kidlanishicha, attraksion bog‘da 2019 yil dekabrda o‘rnatilgan bo‘lgan.
Manba: "kun.uz"
| |
|