21:22 Farg‘onada pichoqbozlik: 6 kishi qamoqqa olindi | |
Joriy yilning 10 mart kuni soat taxminan 14:30 da 24 yoshli fuqaro I.O. bir guruh tanishlari bilan birga Farg‘ona shahar S.Ahmad ko‘chasida fuqaro T.U. bilan o‘rtalaridagi o‘zaro kelishmovchilik sabab gap talashib janjallashib ketishgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berdi. Janjal shunchaki mushtlashuv bilan yakun topmagan. T.U. va I.O. o‘zlari bilan olib kelgan pichoqlarni ham ishga solib bir-birlarini tanalarining turli sohalariga bir necha marotaba urib tan jarohati yetkazishgan. I.O.ning jinoiy sheriklari ham janjalda faol ishtirok etib, qo‘llaridagi tosh va temir jismlar bilan fuqaro T.U.ning bosh va tanasining turli qismlariga urib, og‘ir tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringan. Tergov-tezkor guruhi tomonidan hodisa joyidan voqeaga aloqador tosh bo‘laklari, oshxona pichog‘i va qon namunalari hamda shu atrofdagi savdo do‘koniga o‘rnatilgan videokuzatuv moslamasiga qayd qilingan tasvirlar ashyoviy dalil tariqasida olingan. Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan I.O va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “ye,k” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyatni sodir etgan shaxslarning 6 nafariga nisbatan “Qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|