19:24 Farg‘onada uyda ukol qilinishi oqibatida qizaloq vafot etdi | |
Gap shundaki, Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida 1988-2000 yillarda tuman tibbiyot birlashmasida ishlagan sobiq hamshira qarindoshining iltimosiga ko‘ra, uning qiziga uy sharoitida ukol qilgan. Oradan 3-4 daqiqa o‘tgandan so‘ng, bemor qizaloq qornida og‘riq paydo bo‘lganini aytib, qayt qilgan. Shundan so‘ng, u hushini yo‘qotgan. Bemor Buvayda tumani Tez tibbiy yordam bo‘limi 9-son shoxobchasiga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan. Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, “seftoks novokain" eritmasi yuborilganda qizda nojo‘ya allergik taʼsir paydo bo‘lgan. Oqibatda qizning nafas yo‘llari berkilib qolgan. Uy sharoitida tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur dori vositalari bo‘lmagani uchun, uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan. Mazkur holat yuzasidan, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudi tomonidan ayblanuvchiga Jinoyat kodeksining 102-moddasi bilan jinoiy ish ochilgan. Uning ayol kishi ekani, muqaddam sudlanmagani, jabrlanuvchining daʼvosi yo‘qligi yengillashtiruvchi holatlar sifatida inobatga olinib, unga 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi qo‘llangan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|