21:33 Favqulodda vaziyatda birorta ham oila och qolmaydi – Ramzan Qodirov | |
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov koronavirus infeksiyasining tarqalishi munosabati bilan, mamlakatda 23 martdan boshlab barcha ommaviy tadbirlarni, xususan, to‘y va bazmlarni ham bekor qildi. Ramzan Qodirov o‘zining telegram kanalida yozishicha, hukumatning asosiy vazifasi virusni tarqalib ketishi oldini olishdan iborat. “Ko‘plab kafe va restoranlar mijozlar uchun yopiq bo‘ladi”, deydi Qodirov. Shuningdek, mamlakat mehmonlari ovqatlanishi uchun ba’zi joylar ochiq bo‘ladi, lekin qolgan barcha oshxonalarda yetkazib berish xizmati ishlaydi.
Ma’lum qilinishicha, yordamga muhtoj insonlar uchun ishonch telefonlari ishlab turibdi. Qo‘ng‘iroq qilganlarga kerakli oziq-ovqatlar va tibbiy yordam beriladi.
Manba: "sof.uz"
| |
|