10:05 “Firibgar oshiq” kartinasi katta ekranlarga chiqishga tayyor | |
Mahoratli kinorejissyor Burxon Sharopov navbatdagi filmi ustida ish olib borayotgani haqida saytimiz orqali ma’lum qilgan edik. “Firibgar oshiq” nomli bu kartinaning ssenariy muallifi Burhon Sharopov hamda Nargiza Zokirova. Bosh tasvirchi Orif Raximboyev. Kartina drama janrida bo‘lib, hozirgi kunda yoshlar o‘rtasida dolzarb bo‘lib borayotgan mavzular, muammolar ko‘tarilgan. Ularning tarbiyasi, oiladagi, jamiyatdagi o‘rni, ota-onalari bilan munosabati ko‘rsatilgan. Shuningdek, bugungi kunda barchamizning hayotimizga kirib kelgan va bir bo‘lagimizga aylanib ulgurgan ijtimoiy tarmoqlarning foydali va zararli tomonlarini yoritib o‘tishga harakat qilingan. Uzoq vaqt davomida yaratilgan film yoshlarning ma’naviy dunyosini anglash, internet muammolariga tahliliy va tanqidiy yondoshish, o‘zaro munosabatlarda chalg‘imaslik va yana ko‘plab axloqiy, insoniy, ma’naviy masalalarni yoritishga xizmat qiladi. Mazkur film kino ixlosmandlarini befarq qoldirmasligi aniq. Chunki kartinaning o‘z yuki bor. Uning mavzusi va g‘oyasi yosh-u kichikni qiziqtirishi aniq. Unda bosh rollarni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Alisher Otaboyev, Uchqun Tillaev, Mehriddin Rahmatov, Shohida Uzoqova, shuningdek yosh aktyorlar Behruz Tohirov, Farruh Mirzaev, Gavhar Ortiqova va Rustam Nasriddinovlar ijro etishgan.
Manba: "popcornuz.com"
| |
|